Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Misrlik mutaxassis: ”Yoga koronavirusga chalinganlarning yengil nafas olishlariga yordam beradi”

Misrlik mutaxassis: ”Yoga koronavirusga chalinganlarning yengil nafas olishlariga yordam beradi”

Bugungi kunga kelib koronavirus kasalligi insonning nafas olish tizimiga jiddiy zarar yetkazishi barchaga ma’lum bo‘ldi. Bu kasallikka chalinganlar nafas olishda qiyinchiliklarga duch keladi va ularning ko‘krak qafasida og‘riq yuzaga keladi.

Hozirda koronavirusga qarshi biron bir maxsus dori mavjud emas ekan, mutaxassislar yoga mashg‘luotlari bemorlarnig yengil nafas olishlariga yordam berishi mumkinligini ta’kidlashmoqda. Yoga ekspertlarining so‘zlariga ko‘ra, bu mashqlarning eng asosiy foydasi nafas olish tizimida seziladi.

“Yoga mashg‘ulotlarining ichida diqqatni jamlash, o‘zini erkin his qilish, bor e’tiborini o‘ziga qaratish va nafas olish eng muhimlari hisoblanadi” deydi misrlik yoga ustozi Rana Mustafo.

1998 yilda fiziologiya bo‘yicha Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan dorishunos olim professor Luis Ignarro yaqinda COVID-19 ga qarshi kurashda yaxshi nafas olishning muhim ekani haqida maqola yozdi.

“Havoni burundan olib, burundan chiqaring. Bu usul nafaqat yogada qo‘llaniladi, balki u organizmingizga juda foydali bo‘lib, tananing infeksiyalarga qarshi kurashida yordam beradi. Odamning burun bo‘shlig‘ida bir qancha moddalar ishlab chiqariladi va bu moddalar o‘pkadagi qon aylanishini yaxshilaydi hamda qondagi kislorod miqdorini oshiradi. Burundan nafas olish ushbu moddalarni to‘g‘ridan- to‘g‘ri o‘pkaga yuboradi. Ushbu moddalar o‘pkada koronavirusning ko‘payishini bloklaydi. Bemordagi qonning kislorod bilan ko‘proq to‘yingan bo‘lishi uning o‘zini yaxshi his qilishi va chidamliginini ta’minlaydi” deb yozgan Ignarro.

Rana Mustafoning ta’kidlashicha, chuqur nafas olish yurak urushini sekinlashtirib, insondagi tushkunlikni kamaytiradi. Inson to‘g‘ri usulda nafas olsa, uning organizmiga energiya qayta kiradi, immuniteti kuchayadi va o‘pkaning faoliyati hamda nafas olish tizimining chidamligigi yaxshilanadi.

“Yurak urishining tezlashishi, tez nafas olish va qon bosimining oshishi kabi inson tushkunlikka tushgan paytda bo‘ladigan holatlarning hammasi tanani bo‘shashtirish uchun chuqur nafas olganingizda yo‘qoladi. Yoganing eng yaxshi tarafi shuki, u bilan hamma odam xohlagan joyda shug‘ullanishi mumkin. Yogani barcha yoshdagilar va sog‘lom yoki sog‘lom emasligidan qat’iy nazar barcha qo‘llashi mumkin. Mashqlar turli qiyinchilikdagi toifalarga ajratiladi va agar shug‘ullanuvchi jarohatlatgan bo‘lsa, mashqlar uning holatiga ko‘ra ham o‘zgartirilishi mumkin. Nafaqat bunday qilsa bo‘ladi, balki har bir odam yoganing o‘ziga mosini tanlash uchun uning bir necha turlari bor” deydi Rana Mustafa.

Kiritildi: 05:30 04.07.2020. O'qildi: 2163 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!