Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Mishustin va Peskovning o‘g‘illari urushga borishdan bosh tortdi

Mishustin va Peskovning o‘g‘illari urushga borishdan bosh tortdi

Muxbirlar Peskovning o‘g‘liga qo‘ng‘iroq qilib, chaqiruv komissiyasiga kelishni so‘rashgan. U bu masalani «boshqa darajada» hal qilishini aytgan.

«Ommaviy siyosat» kanali boshlovchisi Dmitriy Nizovsev harbiy komissarlik xodimi nomidan Rossiya Federasiyasi prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning o‘g‘li Nikolay Peskovga qo‘ng‘iroq qilganda u harbiy xizmatga borishdan bosh tortgan.

Nizovsev «Ommaviy siyosat» YouTube kanalida jonli efirda Nikolay Peskov bilan bog‘lanib, o‘zini harbiy komissariat vakili deb tanishtirgan va uni harbiy xizmatga chaqirdi. Bunga javoban Kreml matbuot kotibining o‘g‘li bu masalani «boshqa darajada» hal qilishini aytgan.

“Agar siz mening janob Peskov ekanligimni bilsangiz, u yerda bo‘lishim to‘g‘ri emasligini tushunishingiz kerak. Men masalani boshqa darajada yechaman. Men nima sodir bo‘layotganini va qanday huquqlarga ega ekanligimni umuman tushunishim kerak. Ertaga meni olib ketish sizga ham, menga ham kerak emas”, - deb javob bergan to‘ridan-to‘g‘ri efirda jurnalistga.

Kreml matbuot kotibi «Pod’em» nashriga vaziyatni izohlab, o‘g‘lining chaqiruv komissiyasiga kelishdan bosh tortganiga ishonmasligini aytgan. «Avval suhbatni to‘liq bayon etishlarini so‘rang. Men uning to‘g‘ri tanloviga shubha qilmayman», degan prezident matbuot kotibi.

Avvalroq «Agora» xalqaro inson huquqlari tashkiloti rahbari Pavel Chikov harbiy xizmatni o‘tashni kechiktirish huquqiga ega bo‘lgan barcha toifadagi fuqarolarni sanab o‘tgan edi. Ular orasida Federasiya Kengashi a’zolari va Davlat Dumasi deputatlari ham bor.

Nizovsev Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustinning o‘g‘li Alekseyga ham qo‘ng‘iroq qilgan. U o‘zini harbiy komissar sifatida ko‘rsatib, urushga ko‘ngilli sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun chaqiruv komissiyasiga kelishga tayyormi yoki yo‘qligini so‘ragan.

«Kelajakda safarbar bo‘lishingiz uchun ro‘yxatdan o‘tib, biz bilan zaxirada bo‘la olasizmi?» – degan savoliga Mishustinning o‘g‘li Oliy Iqtisodiyot maktabining magistratura bosqichida o‘qishi, bundan oldin esa Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetining harbiy fakultetini tamomlagani va «jang qilish istagi» hali paydo bo‘lmagani hamda uni ko‘ngilli sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish «hali kerak emas»ligini aytgan.

Kiritildi: 07:22 22.09.2022. O'qildi: 5516 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!