Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Mirziyoyev Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizni mukofotladi

Mirziyoyev Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizni mukofotladi

Mamlakatimizda millatlararo do‘stlik va totuvlikni mustahkamlash, jamiyatimizda turli millat va elat vakillari o‘rtasidagi o‘zaro hamjihatlik, bag‘rikenglik, mehr-oqibat muhitini asrash, milliy madaniyatlar, urf-odat va an’analarning o‘ziga xosligini saqlash hamda rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi, xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama manfaatli munosabatlar va madaniy-ma’rifiy aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish, davlatimizning tinchliksevar va xalqparvar siyosatini xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish borasidagi katta xizmatlari, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli ishlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

Djabbarov Raxmatulla Mamatovich - Respublika qirg‘iz milliy madaniy markazi raisi

Pak Viktor Nikolayevich - Respublika koreys milliy madaniy markazi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi a’zosi

Yusupov G‘ulamzakir Yesenovich - «Nurli jol» gazetasi bosh muharriri


«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Aytjanov Uzakbay Yechanovich - Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti g‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi bo‘limi mudiri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Akopdjanova Galina Alekseevna - Farg‘ona viloyati rus milliy madaniy markazi raisi

Babayev Boris Raximovich - «Kultura.uz» veb-sayti bosh muharriri

Boyko Vladimir Fedorovich - «Slavutich» Respublika ukrain milliy madaniy markazi raisi

Jalmenov Ulikbek Abilayevich - Qoraqalpog‘iston Respublikasi kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi

Kapanadze Vaxtang Irakliyevich - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi «Zarafshon» qurilish-montaj boshqarmasi boshlig‘i

Kurbanov Orazmirat Rejepovich - Respublika turkman milliy madaniy markazi raisi

Kurbanov Rustambek Djavdatovich - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi

Nabiullin Rishat Xismatullovich - Toshkent shahar tatar jamoatchilik madaniy-ma’rifiy markazi raisi

Pashayeva Gulnisa Firuzovna - Mirzacho‘l tumanidagi «Rasim Iroda» biolaboratoriyasi mudiri, Jizzax viloyati

Salomov Abduxalim - Shahrisabz tumanidagi «G‘elon» qishloq fuqarolar yig‘inining nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi, Qashqadaryo viloyati

Setyan Martin Varazdatovich - Respublika arman milliy madaniy markazi raisi

Usenov Serikbay Nazarovich - Respublika qozoq milliy madaniy markazi raisi

I darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Kim Lidiya Romanovna - Nukus shahridagi «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Alimxodjayeva Tatyana Sergeevna - Respublika rus milliy madaniy markazi raisi o‘rinbosari

Musurmanova Yuliya Yuryevna - Yangiyer shahridagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati

II darajali «Salomatlik» ordeni bilan

Juginisova Janar Yesenovna - Qo‘ng‘irot tumani tibbiyot birlashmasining Jasliq davolash profilaktika muassasasi hamshirasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Shukurov Abduxakim Abduraximovich - Sariosiyo tumani tibbiyot birlashmasining 69-oilaviy poliklinikasi umumiy amaliyot shifokori, Surxondaryo viloyati

«Do‘stlik» ordeni bilan

Abdullayev Ilxam Yusif ogli - Respublika ozarbayjon milliy madaniy markazi faoli

Avezdurdiyeva Guldana Xaldurdiyevna - Respublika turkman milliy madaniy markazi raisining o‘rinbosari

Babiskaya Vera Yakovlevna - Angren shahri belorus milliy madaniy markazi raisi, Toshkent viloyati

Batbayev Zaripboy Tursinbayevich - «O‘zbekgeofizika» aksiyadorlik jamiyatining «Ustyurt geofizika ekspedisiyasi» filiali Ustyurt kon geofizika partiyasi guruh boshlig‘i

Gunova Nataliya Konstantinovna - Muxtor Ashrafiy muzeyi direktori

Guseynov Firdusi Fagatovich - Respublika ozarbayjon milliy madaniy markazi raisi

Djanibekova Nodira Abdusalomovna - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi, Sirdaryo viloyati qirg‘iz milliy madaniy markazi raisi

Ikromov Tadjibay Chimirovich - «Ovozi tojik» gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari

Kompolshik Yelena Aleksandrovna - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi

Mamatrizayev Nematillo Asatovich - «Buxoro qorako‘li» uyushmasi raisi, Buxoro viloyati

Mironova Yelena Anatolyevna - «Wiedergeburt» Respublika nemis milliy madaniy markazi raisi

Vikentiy – Morar Viktor Aleksandrovich - Rus pravoslav cherkovi Toshkent va O‘zbekiston yeparxiya mitropoliti

Nabiyeva Fina Xaziaxmitovna - Toshkent shahar boshqird milliy madaniy markazi raisi o‘rinbosari

Savurov Mane Davurovich - Toshkent shahar dungan milliy madaniy markazi raisi

Skuridin Oleg Stanislavovich - «Svetlisa polska» Respublika polyak milliy madaniy markazi raisi

Subxanova Gulandam Subxanovna - Respublika tojik milliy madaniy markazi raisi

Fazilov Karim Shamanovich - Sirdaryo tumanidagi «Birdamlik» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Sirdaryo viloyati

Filippova Lyudmila Vladimirovna - «Maksam-Chirchiq» aksiyadorlik jamiyatining Madaniyat saroyi direktori o‘rinbosari, Toshkent viloyati

«Sog‘lom turmush» medali bilan

Abjamilova Erkinay Abdusattarovna - Xonobod shahridagi «Altin Ordo» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Andijon viloyati

Grishina Lyubov Vasilyevna - Chinoz tumani rus milliy madaniy markazi raisi, Toshkent viloyati

Kamalova Nazifa Mirzaliyevna - «Istiqlol avlodi» ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazi rahbari, Jizzax viloyati

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

Aldabergenov Kayrat Tutkaboyevich - Tomdi tumani hokimi, Navoiy viloyati

Kim Vyacheslav Vladimirovich - Andijon viloyati koreys milliy madaniy markazi raisi

Pekos Oleg Andreevich - O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari

Shukurov Gayratulla Samikovich - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi matbuot kotibi – raisning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi

«Shuhrat» medali bilan

Abduraxmonova Arzikul Mirzaraimovna - Chirchiq shahridagi «So‘g‘diyon» tojik milliy madaniy markazi raisi, Toshkent viloyati

Ametova Darigul Barlikbayevna - Mo‘ynoq tumanidagi «Tik o‘zyak» ovul fuqarolar yig‘ini raisining oila, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Borovikova Anastasiya Dmitriyevna - «Pravda Vostoka» gazetasi katta muxbiri

Didarov Dauletmirat Arazquliyevich - Hazorasp tumanidagi «Sarimoy» qishloq fuqarolar yig‘ini raisi, Xorazm viloyati

Ismoilov Baxtiyor Abdusattarovich - Paxtaobod tumanidagi «Sarvinoz parvoz» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Andijon viloyati

Ishmakov Shamil Nailevich - Namangan shahridagi xususiy tadbirkor, Namangan viloyati

Kabduraxmanov Alibek Asatullayevich - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Milliy simfonik orkestri bosh dirijeri

Kayumov Rustam Mirjalilovich - «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «O‘zbekiston» lokomotiv deposi «Afrosiyob» yuqori tezyurar elektropoyezdi mashinist-murabbiysi

Korsunova Tatyana Semenovna - «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining faxriylar kengashi faoli

Kuvvatov Normurod Mamatmurodovich - Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining «Alan» koni ustasi, Qashqadaryo viloyati

Murzametova Marina Ravshanovna - Yunusobod tumanidagi «Ahilobod» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Toshkent shahri

Ramazanov Ebazer Seytxaliyevich - «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining Qalmoqir kon boshqarmasi «Yoshlik-1» karyeri ekskavator mashinisti

Saradjanova Anjelika Arturovna - Samarqand shahridagi «Marhabo» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Samarqand viloyati

Safoyev Baxodir Akparaliyevich - So‘x tumanidagi «Sarikanda» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Farg‘ona viloyati

Tatarenko Tamara Pavlovna - Samarqand viloyati «Polonez» polyak milliy madaniy markazi raisi

Tovstonog Andrey Grigoryevich - «O‘zavto Motors Pauertreyn» aksiyadorlik jamiyatining quyish sexi ustasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev

Kiritildi: 20:07 30.07.2021. O'qildi: 3127 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!