Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Mirziyoyev koronavirus vaqtida kam ta’minlanganlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriq berdi

Mirziyoyev koronavirus vaqtida kam ta’minlanganlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriq berdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Koronavirus pandemiyasi davrida aholini, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmon loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Loyiha “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining mantiqiy davomi hisoblanadi.

Hujjat pandemiyaning mamlakat iqtisodiyoti va aholi turmush darajasiga salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan navbatdagi imtiyozlar, preferensiyalar va boshqa muhim chora-tadbirlarni nazarda tutadi.

Mirziyoyev farmon loyihasiga yolg‘iz qariyalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va kam ta’minlangan oilalar ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, oziq-ovqat, dori-darmon mahsulotlarini ko‘paytirish va narxlari oshishiga yo‘l qo‘ymaslik, tadbirkorlik sub’ektlarining aylanma mablag‘lari kamayib ketishining oldini olish, ularga qo‘shimcha soliq imtiyozlari taqdim etish kabi bir qator aniq choralarni kiritish zarurligi haqida mas’ullarga topshiriq berdi.

Ta’kidlanishicha, farmon loyihasini takomillashtirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 11:12 31.03.2020. O'qildi: 2274 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!