Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Mirziyoyev “Global G.A.P.” xalqaro sertifikatiga ega korxonada bo‘ldi (FOTO)

Mirziyoyev “Global G.A.P.” xalqaro sertifikatiga ega korxonada bo‘ldi (FOTO)

Davlatimiz rahbari Toshloq tumanidagi «Uz-Segang» qo‘shma korxonasida ish jarayoni bilan tanishdi.

Farg‘ona viloyatidagi 6 ta ixtisoslashgan tumanda 20 ta meva-sabzavotchilik va uzumchilik klasteri tashkil etilgan. Bu yil ularda 288 ming tonna mahsulot yetishtirilib, 120 ming tonnasini eksportga yo‘naltirish rejalashtirilgan. Buning uchun sig‘imi 330 ming tonnadan ortiq bo‘lgan muzlatkichli omborxonalar, 25 ta logistika markazi, 90 ta qayta ishlovchi korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.

Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi «Uz-Segang» qo‘shma korxonasi yiliga 16 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilish quvvatiga ega. Bu yerda 100 milliard so‘m evaziga zamonaviy logistika markazi tashkil etilgan. Italiya, Turkiya, Janubiy Koreya va Xitoydan ilg‘or texnologiyalar keltirib o‘rnatilgan.

Masalan, Italiyaning ICEOL texnologiyasi gilosni rangi va kattaligi bo‘yicha saralab qadoqlaydi. Sifatsizlarini lazer nuri orqali aniqlab, alohida joylaydi. Janubiy Koreyadan keltirilgan SNP liniyasi anorni xuddi shunday saralaydi. Mevaning ichidagi pishmagan yoki chiriy boshlagan joyni ham aniq ko‘rsatadi. Bu xaridorlar ishonchini qozonib, eksportni rivojlantirishda muhim o‘rin tutmoqda. Korxona mahsulotlari “Global G.A.P.” xalqaro sertifikatiga ega.

Joriy yilda Xitoy, Janubiy Koreya, Birlashgan Arab Amirliklari, Polsha, Rossiya, Qozog‘iston kabi davlatlarga 20 million dollarlik mahsulotlar eksport qilinadi. Kompaniyada 250 nafar yigit-qiz ish bilan ta’minlangan.

Prezidentimiz bu korxonani doimiy xomashyo bilan ta’minlash masalasiga ahamiyat qaratdi. Buning uchun unga hududdagi bog‘larni biriktirish, yangi bog‘lar va laboratoriya tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Mirziyoyev “Global G.A.P.” xalqaro sertifikatiga ega korxonada bo‘ldi (FOTO)Mirziyoyev “Global G.A.P.” xalqaro sertifikatiga ega korxonada bo‘ldi (FOTO)Mirziyoyev “Global G.A.P.” xalqaro sertifikatiga ega korxonada bo‘ldi (FOTO)Mirziyoyev “Global G.A.P.” xalqaro sertifikatiga ega korxonada bo‘ldi (FOTO)

Mirziyoyev “Global G.A.P.” xalqaro sertifikatiga ega korxonada bo‘ldi (FOTO)Mirziyoyev “Global G.A.P.” xalqaro sertifikatiga ega korxonada bo‘ldi (FOTO)

Mirziyoyev “Global G.A.P.” xalqaro sertifikatiga ega korxonada bo‘ldi (FOTO)Mirziyoyev “Global G.A.P.” xalqaro sertifikatiga ega korxonada bo‘ldi (FOTO)

Mirziyoyev “Global G.A.P.” xalqaro sertifikatiga ega korxonada bo‘ldi (FOTO)Mirziyoyev “Global G.A.P.” xalqaro sertifikatiga ega korxonada bo‘ldi (FOTO)Mirziyoyev “Global G.A.P.” xalqaro sertifikatiga ega korxonada bo‘ldi (FOTO)

 


Kiritildi: 17:02 05.06.2020. O'qildi: 3190 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!