Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Mirziyoyev 10 ta ustuvor yo‘nalishni belgilab berdi (FOTOGALEREYa)

Mirziyoyev 10 ta ustuvor yo‘nalishni belgilab berdi (FOTOGALEREYa)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari sessiyasida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Oxirgi to‘rt yilda o‘nlab yirik to‘qimachilik, farmasevtika, elektrotexnika va boshqa zamonaviy sanoat korxonalari qurilishi hisobiga Qoraqalpog‘istonda ishlab chiqarish hajmi 2 barobar o‘sgan. Yangi suv tarmoqlari qurilishi natijasida aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 40 foizdan 67 foizga yetdi. 241 ta maktab, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport ob’ektlari yangidan qurildi, kapital ta’mirlandi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Murat Kamalovni Jo‘qorg‘i Kenges Raisligiga saylangani bilan tabriklab, o‘ta mas’uliyatli vazifada muvaffaqiyat tiladi.

- Yangi rahbar faoliyatining eng muhim yo‘nalishi “xalqning dardini eshitish va masalalarini hal etish” bo‘lishi kerak. Buning uchun tinimsiz izlanish, mehnat qilish, xalq bilan maslahatlashib ishlash zarur. Qoraqalpog‘istonda elni sevgan, bilimli, fidoyi yoshlar ko‘p. Ularni birlashtirib, natija qilish, el-yurtga manfaat olib kelish kerak, - dedi davlatimiz rahbari.

Mirziyoyev 10 ta ustuvor yo‘nalishni belgilab berdi (FOTOGALEREYa)

Qoraqalpog‘istonda barcha sohalarni jadal rivojlantirish bo‘yicha kelgusi 3 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar ishlab chiqilgani ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, har bir tumanda 2 tadan faoliyat turi o‘ziga xos “o‘sish nuqta”si etib belgilangan.

Prezident barcha 16 ta tumanni yanada ravnaq toptirish maqsadida mazkur «o‘sish nuqtalari» bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlari 3 yil muddatga yer solig‘i, mol-mulk solig‘i, kichik korxonalarning aylanmasidan olinadigan soliq, yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy miqdordagi daromad solig‘idan ozod etilishini ta’kidladi.

Bundan tashqari, taraqqiyot darajasi past bo‘lgan Taxtako‘pir, Bo‘zatov va Shumanay tumanlarida yangi tashkil etiladigan sanoat korxonalariga ham 3 yil muddatga soliq va  bojxona imtiyozlari beriladi. 

Har bir tuman va shaharni jadal rivojlantirishga kuchli turtki berish, muammolarni tezkor hal etish uchun ularga vazirlar va banklar biriktirildi.

Yig‘ilishda kelgusi 3 yilga mo‘ljallangan o‘nta ustuvor yo‘nalish belgilandi.

Birinchisi – tumanlar va mahallalarni jadal rivojlantirish, ikkinchisi – aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘lsa, uchinchisi doirasida investisiya loyihalari amalga oshiriladi. Orol muammosining salbiy ta’sirini yumshatish sa’y-harakatlari to‘rtinchi ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi.

Beshinchisi etib xizmat ko‘rsatish sohasi salohiyatini to‘liq ishga solish, oltinchisi o‘laroq qishloq xo‘jaligini rivojlantirish vazifasi qo‘yildi. Yettinchidan, aholini uy-joy bilan ta’minlash borasida ishlar tashkil qilinsa, sakkizinchidan ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga e’tibor qaratiladi.

To‘qqizinchi ustuvor yo‘nalish etib yoshlar va ayollarni qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lsa, o‘ninchisi doirasida jinoyatchilikning oldini olish masalalari yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Prezident mamlakatimiz yigit-qizlarini mazkur hudud hayoti bilan tanishtirish maqsadida kelgusi yili Qoraqalpog‘istonda Yoshlar festivali tashkil etish taklifini bildirdi.

Mirziyoyev 10 ta ustuvor yo‘nalishni belgilab berdi (FOTOGALEREYa)Mirziyoyev 10 ta ustuvor yo‘nalishni belgilab berdi (FOTOGALEREYa)Mirziyoyev 10 ta ustuvor yo‘nalishni belgilab berdi (FOTOGALEREYa)Mirziyoyev 10 ta ustuvor yo‘nalishni belgilab berdi (FOTOGALEREYa)Mirziyoyev 10 ta ustuvor yo‘nalishni belgilab berdi (FOTOGALEREYa)

 


 

Kiritildi: 16:28 02.10.2020. O'qildi: 3221 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!