Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Minchenko: O‘zbekistonning KXSHTga qaytishiga deyarli to‘siq qolmadi

Minchenko: O‘zbekistonning KXSHTga qaytishiga deyarli to‘siq qolmadi

O‘zbekiston 2012 yil 28 iyunda tashkilotdagi a’zoligini rasman to‘xtatib qo‘ygan, lekin a’zo davlatlar bilan ikki tomonlama hamkorlikni davom ettirmoqda.

Rossiya Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin Toshkentga tashrifi chog‘ida o‘zbek deputatlariga KXSHT PAga kuzatuvchi sifatida ishtirok etishni taklif qildi.

Siyosatshunos Yevgeniy Minchenkoning fikriga ko‘ra, respublikani KXSHTga qaytishiga ta’sir qiluvchi omillar mavjud, masalan, ko‘pvektorli siyosat yo‘li. Biroq hozir ularning ta’siri minimallashtirilgan.

“KXSHT doirasidagi asosiy muammolardan biri Qozog‘iston bilan keskin munosabatlar edi. Ammo Islom Karimov vafoti hamda Nursulton Nazarboyev vakolatlarini topshirgandan so‘ng ikki tomonlama munosabatlardagi emosional omil  o‘rtadan ko‘tarildi. Mirziyoyev va Tokayevning muloqot qilishda salbiy bekraundi yo‘q – yetakchilar hammasini oq qog‘ozdan boshlashlari mumkin”, - deya tushuntirdi Minchenko.

Shuningdek, u siyosiy o‘zgarishlar to‘lqinida O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi tarkibiga kirishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

 

Kiritildi: 06:17 19.09.2019. O'qildi: 2288 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!