«Milton» to‘foni AQShning Florida shtatida sodir bo‘ldi: rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bo‘ron Uest Palm-Bichdan 50 kilometr shimolda joylashgan Spanish Lakes Country Club qariyalar uyini vayron qilgan. Mahalliy polisiya odamlar vayronalar ostida halok bo‘lishi mumkin, deb taxmin qilmoqda, ularning aniq soni hozircha noma’lum.
«Biz har bir uyni tekshiramiz. Biz hamma joyda hayot belgilarini izlayapmiz», - deydi Sherif Keyt Pirson.
Spanish Lakes Country Club qariyalar uyi 1970 yillarda o‘z nafaqasini shu yerda o‘tkazmoqchi bo‘lgan badavlat amerikaliklar uchun qurilgan. Majmuada golf maydoni, tennis kortlari va basseynlar mavjud.
«Bizning hududimizda bo‘ron qurbonlari uchun uchta boshpana ochilgan, ammo biz maktabni to‘rtinchi boshpanaga aylantirishni ko‘rib chiqmoqdamiz», deb qo‘shimcha qildi mahalliy rasmiy Erik Gill.
Floridaning boshqa hududlarida ham bo‘ron o‘zining halokatli yo‘lini davom ettirmoqda. Orlandoda rasmiylar sayyohlik joylarini, jumladan mashhur Walt Disney World tematik parkini yopdi.