Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Milliarder koronavirus haqida nima deydi?

Milliarder koronavirus haqida nima deydi?

"Microsoft" asoschisi Bill Geyts dunyoning eng badavlat odamlaridan biri. U pandemiya tarqalgandan beri bu o‘latni bartaraf etish haqida qayg‘urib keladi. Jumladan, Geyts koronavirusga davo bo‘luvchi muqarrar vaksina uchun mablag‘ ajratishga ham tayyor. 

U kuz kelib,  infeksiyalar mavsumi boshlangach, kuzda vaziyat yozdagidan ham  yomon bo‘lishini bashorat qildi. "Microsoft" asoschisining so‘zlariga ko‘ra, kasallanish ko‘rsatkichlari hozirdanoq o‘sib bormoqda, sovuq kunlar boshlanishi bilan odamlar vaqtini yopiq xonalarda o‘tkazishadi, bu holat kasallanish soni ortishiga olib kelishi aniq. 

Zarnevs saytining yozishicha, dunyoning eng boy kishisi vaksina paydo bo‘lguniga qadar odamlarda virusga qarshi kurash olib borishning yagona yo‘li borligini va bu yo‘l o‘z xatti-harakatlarini nazorat qilish ekanligini ta’kidladi. 

Eslatib o‘tamiz,  bir muddat oldin, Bill Geyts koronavirus pandemiyasi kamida 2022 yilga qadar davom etishi haqida aytgan edi.

Kiritildi: 19:07 18.10.2020. O'qildi: 3062 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!