Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Microsoft qozoq tilini o‘zining rasmiy tillari ro‘yxatiga kiritdi

Microsoft qozoq tilini o‘zining rasmiy tillari ro‘yxatiga kiritdi

Microsoft kompaniyasi Microsoft Translator tillar guruhiga qozoq tilining kiritilganini ma’lum qildi. Hozirda kompaniyaning tarjima qilinadigan tillari guruhiga 60 dan ortiq til kiradi, deb xabar beradi Kaz-science.kz.

Endilikda qozoq tili – Microsoft tarjima dasturlari, ilovalari, Office dasturlari, Bing tarjimoni hamda biznes va dasturiy ta’minotni ishlab chiquvchilarga mo‘ljallangan Azure Cognitive Services tarjima xizmatining tilidir.

«Bugun biz til to‘siqlarini olib tashlash bo‘yicha vazifamizni davom ettirib, Microsoft Translator tillar guruhiga qozoq tilini kiritganimizni mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz. Qazaqsha yoki Qazaq Tili deya tanilgan ushbu tilda Qozog‘istonda, G‘arbiy Xitoyda, G‘arbiy Mo‘g‘ulistonda, Rossiyaning janubida va dunyoning boshqa qismlarida 22 millionga yaqin odam so‘zlashadi», - deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, 2014 yil 12 dekabr kuni WikiBilim jamoat fondi Google kompaniyasi tarjima xizmatiga qozoq tili kiritilganini rasman e’lon qilgandi.

Bugungi kunda qozoq tili bu tarjima vositasidagi 109 ta tildan biridir. 

Kiritildi: 08:29 06.06.2020. O'qildi: 2237 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!