Xalqimiz ishonuvchan. Ayniqsa, “chet elda mo‘may pul topish imkoniyati katta, falon joyda faloncha maosh beradi, shu yerga ishga jo‘nata olaman” deya aldab, pullarni firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtiruvchilar domiga fuqarolarimiz tez ilinadi.
Bundan bir necha yillar muqaddam Andijon shahrining Sanoat mahallasida yashovchi B.YA. ham mahalladoshi S.X. tomonidan aldanib qolgan. Sababi S.X. Koreya davlatiga ishga yuboraman deb, B.YA. dan 6 811 AQSh dollari miqdorida pul olgan, biroq va’dasini bajarmagan.
O‘rtadagi kelishuv bajarilmaganligini isbotlovchi dalillarga ega B.YA. ularni sudga taqdim etib, pullarini qaytarib olib berilishini so‘ragan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining ijro hujjati bilan qarzdor S.X. dan undiruvchi B.YA. foydasiga jami 77,9 mln. so‘m undirilishi belgilanib, Majburiy ijro byurosi Andijon shahar bo‘limi xodimlari tomonidan undiruv harakatlariga kirishilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida S.X. dan undiruvchi B.YA. foydasiga jami 77,9 mln. so‘m pullar to‘liq undirib berildi.