Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Messi: "Korrupsiya va hakamlar Argentinaning finalga chiqishiga yo‘l bermadilar"

Messi: "Korrupsiya va hakamlar Argentinaning finalga chiqishiga yo‘l bermadilar"

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi nima uchun Amerika kubogi-2019 bronza medallari topshirish marosimiga chiqmaganini tushuntirdi.

"Biz korrupsiya va hurmatsizlikning bir qismi bo‘lib qolmasligimiz uchun medal olishga chiqmadim. Biz ko‘prog‘iga loyiq edik, ammo bizning finalga yo‘l olishimizga yo‘l bermadilar.

Korrupsiya va hakamlar odamlarni zavqdan mahrum qildilar. Futbol buzildi. Korrupsiya va hakamlar bizning finalga chiqishimizga to‘sqinlik qildilar. Haqiqatni aytish kerak.

Braziliya Amerika kubogini yutadimi? Bunga shubha yo‘q. Afsuski, hammasi Braziliya uchun tuzilgan deb o‘ylayman.

Umid qilamanki, hakamlar va VAR hech narsaga ta’sir qilmaydilar va Peru raqobat hosil qila oladi, u bunga munosib. Ammo ko‘rib turibmanki, juda qiyin bo‘ladi", - deydi Messi.

Manba: stadion.uz

Kiritildi: 05:45 08.07.2019. O'qildi: 1297 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!