Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Messi «Barselona» tarixiga kirdi

Messi «Barselona» tarixiga kirdi

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi La Liga 24-turi doirasida 21 fevral kuni «Kadis»ga qarshi bahsda (1:1) maydonga tushdi va jamoasining yagona goliga muallif bo‘ldi.

Bu argentinalik futbolchi uchun Ispaniya chempionatida katalonlar safidagi 506-o‘yin bo‘ldi. Shu tariqa Messi La Ligada eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha «Barselona» sobiq yarim himoyachisi Xavining rekordini yangiladi.

«Barselona» safida La Ligada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar:

  • Lionel Messi — 506 ta o‘yin;
  • Xavi — 505;
  • Andres Inyesta — 442;
  • Serxio Buskets — 400;
  • Karles Puyol — 392.

Messi 2004 yildan buyon «Barselona» asosiy jamoasida to‘p surib keladi. Joriy mavsum u La Ligada 21 ta o‘yin o‘tkazib, 16 gol va uchta golli uzatmaga muallif bo‘ldi.

Kiritildi: 18:30 22.02.2021. O'qildi: 2059 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!