Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

"Mening tanam – mening ishim": Toshkent ko‘chalaridagi hayosizlik haqida (FOTO)

"Mening tanam – mening ishim": Toshkent ko‘chalaridagi hayosizlik haqida (FOTO)

Toshkent ko‘chalarida gender tengligini ro‘kach qilib, “Mening tanam – mening ishim”, “Qizlar inkubator emas” kabi shiorlar bilan suratga tushib, uni tarqatayotganlar aslida ma’naviyatimizga tahdid solmoqda.  Milliy qadriyatlarimizga tajavuz qilib,  xavf tug‘dirmoqda. Uni  tanazzulga olib kelish uchun hayosizlik, iffatsizlik va oriyatsizlikni targ‘ib qilmoqdalar. 

"Mening tanam – mening ishim": Toshkent ko‘chalaridagi hayosizlik haqida (FOTO)"Mening tanam – mening ishim": Toshkent ko‘chalaridagi hayosizlik haqida (FOTO)"Mening tanam – mening ishim": Toshkent ko‘chalaridagi hayosizlik haqida (FOTO)

"Mening tanam – mening ishim": Toshkent ko‘chalaridagi hayosizlik haqida (FOTO)

Ular er-xotin, oila degan tushunchalarga nisbatan salbiy fikrlarni uyg‘otishga urinishmoqda. Ular targ‘ib qilayotgan shiorlar millatimiz yuzi bo‘lgan xotin-qizlarimiz uchun begonadir. Ta’bir joiz bo‘lsa or nomus masalasi hisoblanadi.  

Gender tengligini ta’minlanishi xotin-qizlarni onalikdan mahrum qilishi yoki buzuq ishlar bilan shug‘ullanishi uchun imkon yaratish degani emas. ASLO!!! Aslida, jinslararo munosabatlarni tartibga solish uchun gender tengligi tushunchasi paydo bo‘lgan.

Qolaversa, Konstitusiyamizda xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi mustahkamlab qo‘yilgan. U bosh qomus sifatida huquqlarni jamlaydi va kafolatlaydi.  

To‘g‘ri, ayrim joylarda  genderga oid muammolar bor, lekin uni bunday usulda ta’minlab bo‘lmaydi. Bunda huquqiy madaniyatning yetishmasligi, oilaviy tarbiyaning ham o‘rni va ahamiyati bor. Shu boisdan ushbu namoyishlar boshqa maqsadlar uchun shunchaki sabab ekanligini anglash qiyin emas. Ularning globallashuv davrida g‘oyaviy ta’sir etuvchi usullardan foydalanishga urinayotganliklari yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Ayniqsa, bu chiqishlar, ular ko‘tarib olgan shiorlar “ommaviy madaniyat” tahdidi ma’naviy boyliklarimizning qadrsizlanishi, milliy madaniyatimizning oyoq osti bo‘lishi, vaqtinchalik huzur-halovat, ko‘ngil ochishlar deb yoshlarimiz o‘z kelajaklaridan mahrum bo‘lishlariga va oxir-oqibat tanazzulga uchrashlariga olib keladi.

Bunday vaziyatlarda aslo va aslo befarq bo‘lmasligimiz, xotirjamlik kayfiyatiga berilmasligimiz lozim. Shunchaki tomoshabin bo‘lib qolishimiz muqaddas qadriyatlarimizdan, har birimiz uchun aziz bo‘lgan oilamizdan, uning bebaho an’analaridan mahrum qilishi mumkin. Bu kabi chiqishlarga e’tiborsizlik  uning odatiy holga aylanishiga eng yomoni millat sifatida tanazzulga yuz tutishimizga zamin yaratishi muqarrar. 

Biz an’analarni qadrlaydigan xalqmiz. Urf-odatlarimiz  ota-bobolarimiz me’rosi bo‘lgani uchungina emas, inson sha’ni va qadr-qimmatini ulug‘lagani, turmushini qulay qilgani, munosabatlarni uyg‘unlashtirgani bilan qadrlidir. Gender tengligini ta’minlanishi ayolning jamiyatda mavqeini tushirmaydi, aksincha ko‘taradi. Uning ona sifatida ulug‘lanishiga, oila bekasi sifatida jamiyatda o‘z o‘rnini egallashiga imkon yaratadi. Xotin-qizlarga vakolat beradi. Gender tengligini faollashtirish jamiyatni yanada rahm-shafqatli, insonparvar va ma’rifatli qilishga hissa qo‘shadi. Erkak va ayolning teng huquqli bo‘lishi ma’naviyatimizning qo‘porilishi evaziga kelmasligi kerak. Sharqona gender tenglikni ta’minlash, o‘zligimizni, etiqodimizni yemirilishdan saqlaydi. Ayollar uchun ona bo‘lishdan, sevimli rafiqa bo‘lishdan, oilaning nomusiga aylanishdan ko‘ra sharafliroq tuyg‘u yo‘q. Buni to‘g‘ri anglash va tushunish ayni kunda har qachongidan ham muhimroqdir! Xulosa o‘rnida aytish o‘rinliki, erkinlik aslo hayosizlik emas!

Kamola Abduvaliyeva,

"Ma’rifat" targ‘ibotchilari jamiyati a’zosi,

"Milliy tiklanish" partiyasi Andijon viloyat Kengashi matbuot kotibi

Kiritildi: 16:44 07.07.2020. O'qildi: 26548 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!