Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

"Men maddoh emasman!" Zulfiqor Musoqov Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvga nega chaqirishmaganini aytdi

"Men maddoh emasman!" Zulfiqor Musoqov Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvga nega chaqirishmaganini aytdi

Taniqli kinorejissyor, O‘zbekiston san’at arbobi Zulfiqor Musoqov kun.uz muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekiston ziyolilari o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvga nega chaqirilmaganligiga izoh berdi.

Prezidentimiz bilan ijodkorlar uchrashuvi bo‘lgandi. Meni aytishmagan. Bilishardiki, men shartta turib Prezidentimizga o‘zimni tashvishlantirayotgan savollarni berardim. Maddohlik qilmasdim. Unaqa odatim yo‘q. Umuman biror marta rahbariyatga dardimizni yetkazish...Umrim O‘zbekfilm da o‘tdi.

Lekin bularning bari kim tomonidan qilinayotganligini bilaman. Qo‘ldan kelganicha yaqinlashtirmaslik yoki bir narsa deb yubormasin, sirimizni ochib tashlamasin deb qo‘rqishadi, chunki qo‘limdan maddohlik kelmaydi deydi rejissyor Zulfiqor Musoqov.

Shuningdek, suhbat davomida rejissyor bugungi kunda O‘zbekiston hududlaridagi kinoteatrlarning buzilib, o‘rniga restoranlar qurilayotganligi, xalq ongi, didini pastga tushirib zaxarlaydigan filmlarning haligacha mavjudligi, jangari, oldi-qochdi filmlarning bugungi kun yoshlari tarbiyasida tutayotgan salbiy jihatlari, bilimga tashna yoshlarning kamayib ketayotganligi uni tashvishga solayotganligini aytgan.

Fikrlari isboti o‘laroq, yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda boshiga chiqindi chelagi kiydirilib, yoshlar tomonidan zo‘ravonlarcha kalaka qilingan kampir voqeasi, o‘z kursdoshlari tomonidan kaltaklangan talaba bilan bog‘liq ko‘ngilsizliklarni misol tariqasida keltirib o‘tgan.

Mushaklarni rivojlantirish katta qadamlar bilan ketyapti, miyani rivojlantirish esa oqsayapti. Ichki dunyosi chiroyli, juda bilimlarga tashna, madaniyatli yoshlarimiz bor. Yo‘q emas.

Ularning foizi kamayib ketayotganligiga men tashvishlanayapman afsuski .

Gohida ko‘chada o‘ynab yursam, dadam kir uyga derdi. Hamma ko‘chada yuribdi-ku desam, hama-hamma. Sen kelajagingni o‘yla. O‘ttizga kirganida man ko‘chada o‘sganman deydimi? Ko‘chani bolasida ota-ona tarbiyasini ko‘rmagan, bir iflos, zo‘ravon yo‘lto‘sar maxluqlar tarbiyasi bo‘ladi. Hech qachon bu narsa bilan mag‘rurlanmagin deb aytardi otam...

Zulfiqor Musoqov panorama kinoteatrida Berlin-Oqqo‘rg‘on filmi namoyish etilmayotgani, kassa xodimlari namoyish etish mumkin emas, odam kirmayapti deya muxlislarni qaytarib yuborayotganliklariga ham to‘xtalib o‘tdi. Panoramadagi yuz berayotgan ushbu holat haqida rejissyorga feysbuk ijtimoiy tarmog‘i orqali muxlislar ma’lum qilishgan.

Zulfiqor Musoqov: Men tushunmayman nega bunday bo‘lyapti. Lekin xontaxtachilar u yerda gadolarga o‘xshab, kassirning oldida turishadi, pulni olib ketishadi. Eng asosiy narsa kinoni sevib, chuqur tarixi, janrlarini tushunadigan odamlar, afsuski, oldinam shu edi, hozir ham, deyarli yo‘q .

Rejissyor suhbat davomida professional bo‘lmagan, sariq chaqalik ahamiyati yo‘q filmlarning negadir rahbariyatga yoqib, qo‘llab-quvvatlanayotganligi, ammo davlat filmlariga ular munosabati sovuqqonlik darajasida ekanligini, rejissyorlar o‘rtasida bilim darajasi qoniqarli darajada emasligiga ham o‘z munosabatini bildirgan.

O‘zbekistondagi Kinochilar uyining buzilganligi bilan bog‘liq savolga esa rejissyor qayg‘u bilan, Shavkat Mirziyoyevning yangi Kinochilar uyini qurib berishi to‘g‘risidagi va’dasidan umidvorligini bildirgan.

Kichkina tabib filmidagi Shuhrat aka obrazi haqida gap ketganda, rejissyor bunday insonlar jamiyatimizda ham uchrab turishini tasdiqlaydi:

Men ulardan juda uzoqman. Biznesni tushunmasam, pul sanashni ham bilmayman. Butun umr shu vedomost ga qo‘l qo‘yib, oylik olib yurgan odamman. Shuhrat aka obrazidek bo‘lishga ham iqtidor kerak-da. Har bir odam qo‘lidan kelgan, eplagan ishni qiladi .

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston san’at arbobi Zulfiqor Musoqov jamiyatimizdagi boylar va kambag‘allar yashash hayotidagi nomutanosibliklar, yoshi o‘ttizga kirib uylanolmay yurgan yigitlar, to‘ylarni qarzga o‘tkazib butun umr qarz to‘lab yurganlar, ajralishlar borasidagi muammolarni ham bir qator tilga olib o‘tgan.

Kiritildi: 14:42 19.02.2019. O'qildi: 4588 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!