Mamlakatning markaziy va janubi-sharqiy hududlarida kuchli yog‘ingarchiliklar natijasida daryolarda suv sathi keskin ko‘tarildi. So‘nggi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, suv bosgan hududlarda 64 kishi halok bo‘lgan. Yana kamida 65 kishining taqdiri hozircha noma’lum.
Nashrning xabar berishicha, suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga minglab harbiylar yuborilgan, biroq suv bosgan yo‘llar sababli ko‘plab aholi punktlariga yetib borishning hozircha imkoni yo‘q.