Meksika polisiyasi yo‘lda beshta boshi kesilgan jasad va bir qop kesilgan boshni topdi. Bu haqda Gonkongning South China Morning Post gazetasi Xalisko shtati prokuraturasiga tayanib xabar berdi .
Qora poliyetilen qoplarga solingan jasadlar jinoiy guruh jinoyatlari bilan mashhur bo‘lgan Lagos-de-Moreno shahri yaqinidagi Xalisko shimoli-sharqidagi avtomagistralda topilgan.
Voqea joyiga yetib kelgan milliy gvardiyachilar tez orada kesilgan boshlar bo‘lgan boshqa sumkani topdilar.
Huquq-tartibot idoralari hozircha qurbonlarning shaxsini aniqlay olmadi.