Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Medvedev: "Tramp Ukraina mojarosiga barham berishi mumkin"

Medvedev: "Tramp Ukraina mojarosiga barham berishi mumkin"

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Al Arabiya telekanaliga bergan intervyusida AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Ukraina mojarosini hal qilishga erisha olishini, biroq Rossiya faqat o‘ziga ishonishi aytib o‘tdi.

“Biz saylangan prezident Tramp pragmatik shaxs ekanligini yaxshi bilamiz. U mazkur mojaroga imkon qadar tezroq barham berishini omma oldida aytib, va’da bergan. Tramp bu ishni amalga oshira oladi, chunki barcha yechimlar Vashingtonda bor", dedi Medvedev.

Shu bilan birga, u Moskva o‘z umidini Trampga ham, boshqalarga ham bog‘lamasligini ta’kidladi: “Biz faqat o‘z kuchimizga tayanamiz, mudofaa salohiyatimiz nuqtayi nazaridan o‘zimizga ishonamiz. Ushbu mojarodagi shubhasiz g‘alaba qozonishimizga ishonchimiz komil", dedi Medvedev.

Tramp 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan AQSh prezidentlik saylovlarida demokratlar vakili Kamala Harris ustidan g‘alaba qozondi. Uning inaugurasiyasi 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tadi. Tramp Ukrainadagi mojaroni imkon qadar tezroq to‘xtatish niyatida ekanini bir necha bor ta’kidlagan.

Kiritildi: Bugun 09:28. O'qildi: 398 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!