Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Saudiya Arabistonining "Al Arabiya" telekanaliga bergan intervyusida Ukraina mojarosiga insoniyat uchun yangi xarajatlarsiz chek qo‘yish mumkinligini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar NATO Ukrainada urush alangasini yoqishni to‘xtatsa, buni amalga oshirish mumkin.
"Agar NATO bloki haqiqat maydonida turib, Ukrainada urush alangasini yoqishni bas qilsa, bu mojaro insoniyat uchun hech qanday xarajatsiz yakunlanishi mumkin", — deya siyosatchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.