Bugun 20 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

McDonald’s Qozog‘istonni tark etishi mumkin

A A A
McDonald’s Qozog‘istonni tark etishi mumkin

McDonald’s qiyma yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar tufayli Qozog‘istonni tark etishi mumkin. Ta’minot zanjirlari uzilishi tufayli respublikadagi restoranlar Rossiyadan go‘sht xarid qila olmayapti, deb yozadi Bloomberg.

Agentlik manbalariga ko‘ra, McDonald’s Ukrainadagi maxsus operasiya munosabati bilan Rossiyani tark etgandan so‘ng, Amerika kompaniyasi qozog‘istonlik franchayziga rossiyalik yetkazib beruvchilardan qiyma sotib olishni taqiqlagan.

2022 yil noyabr oyida Qozog‘istonda tarmoqning barcha 24 ta restorani “mahalliy yetkazib berishdagi” cheklovlar tufayli o‘z ishini to‘xtatdi. Dekabr oyida Qozog‘iston Milliy tadbirkorlar palatasi Atameken mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini McDonald’sga yetkazib berishga tayyorligini e’lon qildi.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, vaziyat McDonald’sning Qozog‘iston va Rossiyaning ayrim hududlaridagi franchayzilari Qayrat Boranboyevning respublikada kvazidavlat sektorida juda katta miqdorda mablag‘larni o‘zlashtirish ishi bo‘yicha sud qilinayotgani bilan murakkablashmoqda.

Kiritildi: 04:28 05.01.2023. O'qildi: 2835 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!