Bugun 9 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Mbappe: «Yamalni tinch qo‘ying»

Mbappe: «Yamalni tinch qo‘ying»

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe fikricha, odamlar «Barselona» vingeri Lamin Yamalning futbolga aloqasi bo‘lmagan shaxsiy hayotini haddan ziyod muhokama qilmoqda.

«Odamlar uning shaxsiy hayoti haqida juda ko‘p gapirishyapti. Menimcha, uni tinch qo‘yish kerak. Maydonda u ajoyib futbolchi, lekin hayotda u shunchaki 18 yoshli yigit», — deya Mbappe so‘zlarini COPE keltirmoqda.

Joriy mavsumda 18 yoshli Yamal barcha musobaqalarda beshta o‘yinda maydonga tushdi va ikkita gol hamda to‘rtta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 09:03 10.10.2025. O'qildi: 1206 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!