Bugun 2 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Mbappe bir yilda 60 ta gol urdi, XXI asrda faqat 3 kishi undan yaxshiroq natija qayd etgan

Mbappe bir yilda 60 ta gol urdi, XXI asrda faqat 3 kishi undan yaxshiroq natija qayd etgan

Kilian Mbappe 2025 yilda 60 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Qilian Mbappe XXI asrda bir kalendar vaqti ichida klub va terma jamoa uchun 60 ta gol urgan to‘rtinchi futbolchiga aylandi.

"Real" hujumchisi La Liga 14-turida "Jirona"ga qarshi o‘yinda (1:1) 2025 yildagi 60-golini urdi. Joriy yilda Mbappe hisobida "Real" uchun 53 ta va Fransiya terma jamoasi uchun 7 ta gol bor.

XXI asr boshidan beri bir yilda Mbappega qaraganda ko‘proq gol urgan o‘yinchilar faqat quyidagilardir: Krishtianu Ronaldu (2012 yili 63 gol, 2013 yili 69 gol, 2014 yili 61 gol), Robert Levandovski (2021 yili 69 gol) va Lionel Messi (2012 yili 91 gol).

Kiritildi: 21:47 01.12.2025. O'qildi: 460 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!