Maxsus harbiy operasiya natijasida Rossiya harbiy salohiyatini sezilarli darajada oshirdi va Rossiya G‘arb bilan urushga tayyorlanmoqda. Bu haqda Germaniya tashqi razvedkasi rahbari Bruno Kal ma’lum qildi.
"Rossiya qo‘mondonlari endi jangovar sinovdan o‘tgan qo‘shinlarga ega bo‘lib, oddiy kuchlar tomonidan tahdidni kuchaytirmoqda. Rossiya zamonaviy urushni, jumladan, dronlardan foydalanishni o‘zlashtirdi. Rossiya G‘arb davlatlari bilan haqiqiy harbiy to‘qnashuvga tayyorgarlik ko‘rishda davom etmoqda. Biroq bundan oldin NATO a’zolari o‘rasida tarqoqlik yaratishga harakat qilishi mumkin", - deya ta’kidladi Kal.