Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

“Matbuotchilar uyi” yana sotuvga qo‘yildi

“Matbuotchilar uyi” yana sotuvga qo‘yildi

Bundan bir yarim yil muqaddam ochiq auksionga qo‘yilgan “Matbuotchilar uyi” binosi yana sotuvga qo‘yildi.

O‘shanda “Matbuotchilar uyi”ning sotuvga qo‘yilishi haqida tanqidiy material berilgandan keyin mazkur ish hujjatlari qayta ko‘rib chiqilib, muammo ijobiy hal etilgandi. Jamoatchilikning faol qarshiligi va mutasaddilarning masalaga yechim topishi oqibatida “Matbuotchilar uyi” jurnalistlarda, ya’ni avvalgidek, Toshkent shahar hokimligi tasarrufida (balansida) qolgandi.

Bugunga kelib esa E-ijro auksion ochiq auksionda bu bino haqida yana ma’lumot paydo bo‘ldi.

18.722 kv.m maydonga ega “Matbuotchilar uyi”ning 9.890 kv.mga ega chordoq qismi, 3-qavatdan 7-qavatgacha va yerto‘la qismi iqtisodiy sudlarning ijro hujjatiga asosan sotuvga qo‘yilgan.

18 750 000 000.00 so‘m narx bilan savdoga qo‘yilgan mazkur binoda asosan matbuot vakillari, ya’ni gazeta va jurnallar tahririyati joylashgan.

Ochiq auksion 5 dekabrda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 08:32 19.11.2019. O'qildi: 1955 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!