Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Masofaviy ta’limga o‘tilgan bo‘lsa-da, OTMlarda kontrakt narxi nega o‘zgarmadi?

Masofaviy ta’limga o‘tilgan bo‘lsa-da, OTMlarda kontrakt narxi nega o‘zgarmadi?

O‘zbekistondagi davlat OTMlarining karantin sharoitidagi xarajatlari o‘zgarmadi, deb ma’lum qildi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, amaldagi tartibga muvofiq, OTMlarda «kontrakt narxi» bir talabani o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlar miqdoridan kelib chiqib belgilanadi.

Xarajatlar tarkibining asosiy qismini professor-o‘qituvchilar va xodimlarga to‘lanadigan ish haqi (ajratmasi bilan) va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, talabaga har oy to‘lab boriladigan stipendiya to‘lovlari («stipendiyali» to‘lov-kontrakt qiymati miqdorida), o‘quv jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar hamda boshqa turdagi saqlash xarajatlari tashkil qiladi.

Bugungi kunda respublika OTMlarida tahsil olayotgan talabalar uchun ijtimoiy himoyalangan to‘lov-kontrakt miqdorlari amal qilmoqda.

«Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 2019/20 o‘quv yili uchun tasdiqlangan stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlari bir talabani bir yillik o‘qitish xarajatlarini qisman, ya’ni o‘rtacha 68 foizini qoplamoqda xolos.

Mazkur mablag‘lar professor-o‘qituvchi va xodimlarning mehnatiga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni qisman qoplamoqda. Qolgan xarajatlar OTMning boshqa moliyaviy manbalari hisobidan amalga oshirilmoqda», – deyiladi vazirlik izohida.

2019/20 o‘quv yilining bahorgi semestrida belgilangan mashg‘ulotlarga ajratilgan soatlarni talabalar tomonidan masofaviy ta’lim asosida o‘zlashtirish (masofaviy berish mumkin bo‘lmagan laboratoriya va amaliyotning bir qismi) iyul-avgust oylariga yoki keyingi o‘quv yiliga o‘tkazilishi belgilangan.

Ta’kidlanishicha, OTMga yuklatilgan, talabalarga bilim berish majburiyatlari oliy ta’lim davlat standartlari asosida bajarilib kelinmoqda.

«Bugungi karantin kunlarida OTMlar professor-o‘qituvchi va xodimlariga o‘z vaqtida oylik maoshlari, ta’til pullari va talabalarga stipendiyalar mos ravishda Davlat byudjeti va OTMlarning kontrakt mablag‘lari hisobidan to‘lab berilmoqda.

OTMlar talabalari uchun masofaviy ta’lim berish joriy etilgani munosabati bilan uni tashkil etish va moddiy-texnik bazasini yaratishga ham OTMlar tomonidan qo‘shimcha mablag‘lar sarflanmoqda.

Shu bilan birga, to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatining asosiy qismini tashkil etuvchi ish xaqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar xarajatlari o‘zgarmaydi.

Shuningdek, faqatgina kommunal xizmatlardan karantin davrida foydalanish qisqarishi hisobiga qisman xarajatlar kamaysa-da, bazaviy kontrakt qiymati ijtimoiy miqdorda belgilangani inobatga olinmoqda», – deyiladi press-relizda.

OTMlar yotoqxonalarida yashovchi talabalar yotoqxona uchun o‘quv yilida belgilangan to‘lovlarni to‘liq to‘lagan bo‘lsalar, foydalanilmay qolgan oylariga to‘langan mablag‘lari talabaning yozma murojaatiga asosan qaytarib beriladi yoki uning roziligi bilan keyingi o‘quv yiliga o‘tkazib yotoqxonada yashashi uchun hisoblanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 15 mart kuni koronavirusga chalingan birinchi bemorlar aniqlanishi ortidan, 16 martdan boshlab barcha ta’lim muassasalari karantinga yopilgan, keyinchalik ta’lim masofaviy shaklda tiklangan edi.

Kiritildi: 08:48 04.06.2020. O'qildi: 2388 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!