Tesla bosh direktori Ilon Mask Oq uy yaqinida ikki milliy gvardiyachi yaralangan otishma ortidan keskin choralar ko‘rishga chaqirdi. Bu haqda milliarder 27 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
"Buzilgan tizimimizni isloh qilish uchun qanchadan-qancha begunoh odamlar o‘lishi kerak? Keskin choralar ko‘rish kerak", deyiladi postda.
Avvalroq, 26 noyabr kuni bir kishi AQShning ikki milliy gvardiyachisini otib tashlagani haqida xabar berilgandi. Jabrlanganlar og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. Otishma Afg‘oniston fuqarosi ham yaralangan. AQSh prezidenti Donald Tramp jinoyat uchun qonun oldida javob berishini aytdi.