Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Marshal Do‘stum Afg‘onistonda yangi kengash tuzdi

Marshal Do‘stum Afg‘onistonda yangi kengash tuzdi

Afg‘onistonda Marshal Do‘stum ishtirokida Afg‘oniston milliy qarshilik Oliy kengashi tuzilgani e’lon qilindi. Bu haqda «ASIA Plus» xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kengash tarkibiga Abdurab Rasuliy Sayyof, Muhammadyunus Qonuniy, Ato Muhammad Nur, Abdulrashid Do‘stum, Muhammad Muhaqqi va boshqa siyosatchilar kirgan. Kengash bayonotida «Afg‘oniston davlati noaniqlik, monopoliya va korrupsiya natijasida qulab tushib, beparvolik hamda noto‘g‘ri boshqaruv oqibatida notinchliklarga duch keldi», deyiladi.

Qayd etilishicha, kengash a’zolari Afg‘oniston muammosini tinch yo‘l bilan hal qilmoqchi. Biroq ta’kidlanishicha, agar boshqa taraf va uning izdoshlari bunday qarorga rozi bo‘lmasa, kurashning ikkinchi qismi (harbiy harakatlar)ga o‘tishga majbur bo‘linadi.

Bayonotda «Tolibon» harakati etnik guruhlarga, ayollarga, dindorlarga va rasmiy tillarga e’tibor bermasligi va hukumatning ayrim a’zolari esa BMT sanksiyalari ostida ekani ta’kidlangan afg‘on xalqi qarshilik ko‘rsatishga tayyorlanishi kerakligi qo‘shimcha qilingan holda. «Mamlakat xalqini qiyin va uzoq muddatli qarshilikka tayyorlanishga chaqiramiz», deyiladi bayonotda.

Kengash tashkil etilgani e’lon qilingandan so‘ng Do‘stum agar «Tolibon» harakati saylov yo‘li bilan hukumat tuzishdan bosh tortsa, kengash ularga qarshi kurashishini bildirgan. «Agar tinchlik va jangovar harakatlarni to‘xtatish chaqirig‘iga ijobiy javob berilmasa va xalqning, xususan, Afg‘oniston ayollarining huquqi tan olinmasa, demokratiya va saylov rad etilsa, biz kurashamiz», — deya ta’kidlagan marshal.

Kiritildi: 21:20 25.10.2021. O'qildi: 9631 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!