Bugun 19 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Marsdan kelgan eng katta meteorit kimoshdi savdosida 5,3 million dollarga sotildi

Marsdan kelgan eng katta meteorit kimoshdi savdosida 5,3 million dollarga sotildi

Marsdan kelgan eng yirik NWA 16 788 meteoriti Qo‘shma Shtatlardagi auksionda 5,3 million dollarga sotildi.

Meteoritning og‘irligi 24,67 kg. U asteroidning Mars yuzasi bilan to‘qnashuvi natijasida hosil bo‘lgan. 2023 yilda meteorit Nigerdagi Sahroi Kabirda topilgan.

Bu ilgari Yerda topilgan boshqa Mars meteoritidan taxminan 70% kattaroqdir. Bunday topilmalar juda kam uchraydi – 77 mingdan ortiq rasmiy ro‘yxatga olingan meteoritlardan faqat 400 tasi marslikdir.

Sotuvga qo‘yilishidan oldin meteorit galereyada turgan, 2024 yilda u Italiya kosmik agentligida ham namoyish etilgan. Meteorit xaridorining shaxsini oshkor etishmayapti.

Kiritildi: 06:22 18.07.2025. O'qildi: 490 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!