Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Marokashda sayyohlarni o‘ldirganlar o‘limga hukm qilindi

Marokashda sayyohlarni o‘ldirganlar o‘limga hukm qilindi

Marokashning Sale shahri sudi 3 kishini skandinaviyalik turistlarning o‘limida aybdor deb topib, ularni o‘lim jazosiga hukm qildi. Bu haqida Maghreb Arabe Press nashri xabar bergan. 

Ma’lum bo‘lishicha, 25 yoshli Abdussamad Ejjud hamda uning 2 tanishi o‘lim jazosiga hukm qilingan. Guruhning yana bir a’zosi— Yunus Xayyaliga esa umrbod qamoq jazosi berilgan. Ular uyushgan jinoyat guruhini tuzib, teraktga tayyorlanganlik, suiqasd hamda qurollarni noqonuniy saqlashda aybdor deb topilgan. 

Mazkur ish bo‘yicha shuningdek 20 nafar odam aybdor deb topilib, 5 yildan 30 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilingan. Tergov xulosasiga ayblanuvchilarning bari ISHIDga aloqador bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 17 dekabr kuni Marokashda 24 yoshli daniyalik hamda 28 yoshli norvegiyalik turistlarning jasadi aniqlangan. Qotillar internet orqali qizlarni vahshiylarcha o‘ldirgan videosini tarqatib yuborgan. Mazkur voqea Marokashda dastlab katta noroziliklarga, so‘ngra terrorchilikni qoralashga qaratilgan mitinglarga aylangan edi. 

Manba: human. uz

Kiritildi: 07:30 20.07.2019. O'qildi: 1273 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!