Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Markaziy bank xodimlariga qator taqiqlar joriy qilindi

Markaziy bank xodimlariga qator taqiqlar joriy qilindi

«O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonun yangi tahrirda senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Qonunga yangi modda qo‘shilgan bo‘lib, unga asosan Markaziy bank xodimlariga quyidagilar man etiladi:

– haq to‘lanadigan biror-bir boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanish, bundan ilmiy va pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish mustasno;

– banklar, xo‘jalik boshqaruvi organlari va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kuzatuv kengashlari tarkibiga kirish;

– o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan bank sirini tashkil etuvchi axborotni yoxud qonun hujjatlariga muvofiq foydalanilishi cheklangan boshqa axborotni uchinchi shaxslar manfaatlarini ko‘zlab oshkor etish yoki undan foydalanish.

Manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan bu o‘zgarish, ma’lum bo‘lishicha, Belarus tajribasidan kelib chiqqan holda kiritilgan.

Shu bilan birga, endilikda Markaziy bank xodimlarini tadbirkorlik sub’ektlarining, shu jumladan kredit tashkilotlarining, to‘lov tashkilotlarining, to‘lov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining, kredit byurolarining, banklar tomonidan autsorsingga topshirilgan xizmatlar va operasiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarning, shuningdek konsolidasiyalashgan tarzda nazorat qilinishi lozim bo‘lgan shaxslarning moliya-xo‘jalik faoliyati tekshiruvlarini o‘tkazish uchun jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qonunning yangi tahririga asosan, Markaziy bank boshqaruvi tarkibi 11 kishidan 9 kishiga kamaytirilmoqda, ulardan 2 nafari mustaqil a’zo bo‘lishi belgilanmoqda. Ya’ni MB boshqaruvi tarkibiga MB raisi, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, shuningdek boshqaruvning ikki nafar mustaqil a’zosi kiradi.

Mustaqil a’zolar MB raisining taqdimnomasiga ko‘ra Oliy Majlis Senatining Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

11 oktyabr kuni Senatda ma’qullangan qonun prezident imzolab, rasman e’lon qilinganidan so‘ng kuchga kiradi.

Kiritildi: 14:50 13.10.2019. O'qildi: 3465 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!