Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Markaziy bank qancha o‘zbekistonlik jamg‘armaga ega ekanligini aniqladi

A A A
Markaziy bank qancha o‘zbekistonlik jamg‘armaga ega ekanligini aniqladi

Markaziy bank aprelda turli soha vakillarining iste’mol kayfiyatini o‘rganish bo‘yicha navbatdagi onlayn so‘rovlar o‘tkazdi, unda 3 mingga yaqin respondentlar ishtirok etdi.

So‘rovda qatnashganlarningdeyarli yarmi (49 foizi) jamg‘armalari yo‘qligini aytdi. Jamg‘armalari 1 oygacha yetadigan respondentlar ulushi 31 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 1-3 oygacha bo‘lgan davr uchun ushbu ko‘rsatkich 14 foizga teng:

Javob beruvchilar daromadlari ko‘paygani sari parallel tarzda jamg‘armalarining muddati ham oshib borganligini ko‘rish mumkin:

Respondentlar daromadlarining o‘zgarishi bilan ularning jamg‘arish kayfiyatiga ta’siri o‘rganilganda, daromadlari ko‘payishini kutayotganlarning asosiy qismi yaqin istiqbolda o‘z jamg‘armalari oshishi mumkinligini bildirishgan.

Shuningdek, pessimistik holatda daromadlari kamayishini ta’kidlaganlarning asosiy qismi kelgusida jamg‘armalari ham qisqarib borishini bildirishgan.

Kiritildi: 04:00 12.05.2022. O'qildi: 3906 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!