Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Marhum Jasurbek Ibrohimov oilasiga 14,6 ming dollar beriladi

Marhum Jasurbek Ibrohimov oilasiga 14,6 ming dollar beriladi

2017 yilda kursdoshlari tomonidan urib o‘ldirilgan Jasurbek Ibrohimovning oilasiga moddiy va ma’naviy zarar uchun 139 mln so‘m (taxminan $14,6 ming) beriladigan bo‘ldi, deb yozmoqda Zed News axborot kanali.

Gap nimada?

14 fevral kuni Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudi majlisida shu qarorga kelingan. Borovskiy kolleji sobiq o‘quvchisining ota-onasi zarar uchun avvaliga 650 mln. so‘m (taxminan $70 ming) so‘ragan, ammo sud uning ma’lum qismini qoplashga hukm chiqargan.

Sudda aybdor tomon — qotil Islombek To‘laganovning ota-onasi qatnashmagan.

Moddiy zarar

Dori-darmon, advokat, dafn marosimi uchun to‘lovlar, shuningdek, Jasurbekning akasi Qozondan Toshkentga kelgani, o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirgani, kontrakt puli uchun sarflangan xarajatlar.

Ma’naviy zarar

Jasurbek o‘limidan keyin ota-ona og‘ir ahvolga tushib qolgan. Ona o‘simtalarni olib tashlash uchun 2 marta operasiya bo‘lgan, ota esa yuragi bilan bog‘liq muammoga duch kelgan. Natijada Rossiyadan kelgan aka ota-ona va singlisini o‘z qaramog‘iga olishga majbur bo‘lgan.

Sud xulosasi

Sud yodgorlik o‘rnatish, advokat yollash, akaning Rossiyadan O‘zbekistonga kelib, o‘qishini ko‘chirgani bo‘yicha sarflangan pullarni inobatga olmagan. Sudya moddiy zarar uchun 39 mln. so‘m ($4,1 ming), ma’naviy zarar uchun esa 100 mln. so‘m ($10,5 ming) belgilagan. Bundan tashqari, bu pullarni to‘lash To‘laganovning ota-onasiga emas, uning o‘ziga yuklatilgan.

Norozi tomon appelyasiya berishga haqli. O‘shanda tovon puli miqdori yana o‘zgarishi mumkin.

Background

2017 yil 3 mayda Borovskiy kolleji o‘quvchisi Jasurbek Ibrohimov kursdoshlari tomonidan kaltaklangan. Uni og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga olib borishgan, 5 marta og‘ir jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan, ammo 1 iyunda u baribir halok bo‘lgandi.

Mirobod tuman IIB jinoiy ish ochgan. Aybdor sifatida kaltaklashda qatnashgan 6 kishidan faqat bittasi — Islombek To‘laganovga hukm o‘qilgan. Qolganlar guvoh sifatida xulosa qilingan. To‘laganov 6 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi.

2018 yil dekabrda, deyarli 5 yil avvalroq To‘laganov koloniyadan ozodlikka chiqqan va uning jazosi 4 yilu 5 oylik jamoat ishlariga almashtirilgan.

Kiritildi: 11:21 20.02.2020. O'qildi: 5106 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!