Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

"Mansur lashkari": toliblar Afg‘onistonning shimoliy chegarasiga spesnaz yubordi

"Mansur lashkari": toliblar Afg‘onistonning shimoliy chegarasiga spesnaz yubordi

Toliblar Balx provinsiyasi markazi Mozori-Sharif shahrida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida faoliyat yuritadigan maxsus bo‘linmani tashkil etdi. Bu haqda Tolo News telekanali mahalliy xavfsizlik kuchlariga tayanib xabar bermoqda.
Ta’kidlash joizki, Balx provinsiyasi Afg‘oniston shimolida joylashib, O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston bilan chegaradosh sanaladi. Taxminlarga ko‘ra, 500 mingga yaqin kishi istiqomat qiladigan Mozori-Sharif shahri muhim savdo-transport uzeli sanaladi.
"Bu Islom amirligi (toliblar siyosiy tizimi nomi – tahr.) maxsus kuchlari", - deb xabar qiladi telekanal, Balx provinsiyasi xavfsizlik xizmati rahbari Abdulxay Abedga tayanib.

Bo‘linma "Mansur lashkari" nomini olgan. Qayd etilishicha, yangi tarkib topgan bo‘linmaning asosiy vazifasi Mozori-Sharifda ortib ketgan jinotyachilikka qarshi kurashish bo‘ladi.
Kuch tuzilmalari maxsus o‘quvlardan o‘tishgan, ular yaxshi qurollangan. Shu bilan bir vaqtda ular ixtiyorida bo‘lgan qurol va harbiy texnikaning kattagina qismi Qo‘shma Shtatlarda ishlab chiqarilgani ma’lum.

Afg‘onistondagi vaziyat o‘tgan yili iyun oyida amerika qo‘shinlari chiqarilishi fonida ziddiylashgan edi. Avgust oyining o‘rtalariga amerika qo‘shinlari chiqarilgach, toliblar barcha yirik shaharlar va chegara o‘tish qismlarini egallab oldilar.
Bir vaqtning o‘zida jangarilar chegaradosh mamlakatlar, jumladan, Markaziy Osiyoning postsovet respublikalariga bostirib kirish niyatida emasligini kafolatlagan edi.
Shundan so‘ng Afg‘onistonda yangi hukumat tashkil topgani e’lon qilindi.
Mamlakat prezidenti Ashraf G‘ani o‘zidan vakolatlarni sokit qildi va respublikani tark etdi.

Kiritildi: 17:11 20.10.2021. O'qildi: 4024 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!