Bugun 21 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

«Manchester Siti» va «Barselona» bir himoyachi uchun kurashadi

«Manchester Siti» va «Barselona» bir himoyachi uchun kurashadi

«Manchester Siti» va «Barselona» klublari «Ayntraxt»ning chap qanot himoyachisi Nataniel Braunga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Germaniya klubi o‘z futbolchisini 65 million yevroga baholamoqda. Braunning amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar davom etadi. Transfermarkt portali esa futbolchining bozor qiymatini ayni damda 35 million yevro deb hisoblamoqda.

Joriy mavsumda Nataniel Braun «Ayntraxt» safida 30 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda himoyachi 3 ta gol va 6 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 23:51 20.02.2026. O'qildi: 161 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!