Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Manchester Siti" "Real" qiziqishi fonida Rodri bo‘yicha qaror qabul qildi

"Manchester Siti" "Real" qiziqishi fonida Rodri bo‘yicha qaror qabul qildi

Aytishlaricha, "Real" "Manchester Siti"dan yarim himoyachi Rodrini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Madrid klubi "Oltin to‘p" sohibiga 150 million yevro atrofida mablag‘ ajratishga tayyor.

Insayder Din Jons TEAMtalk’ga "Manchester Siti" Rodrini sotishni rejalashtirmayotgani haqida ma’lum qildi. "Shaharliklar" tarkibida hamon ispaniyalik futbolchini muhim futbolchi sifatida ko‘rishmoqda va uning transferi bo‘yicha hech qanday taklifni ko‘rib chiqishmoqchi emas.

Rodri 29 yoshda, uning "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo‘ljallangan. Rodri "shaharliklar" safida jami 272 ta o‘yin o‘tkazib, 26 ta gol va 32 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 19:01 07.10.2025. O'qildi: 979 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!