Bugun 9 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

"Manchester Siti"ning muhim himoyachisi "Real"ga qarshi o‘yin oldidan Yangi yil archasini bezash vaqtida jarohat oldi

"Manchester Siti"ning muhim himoyachisi "Real"ga qarshi o‘yin oldidan Yangi yil archasini bezash vaqtida jarohat oldi

"Manchester Siti" himoyachisi Jon Stounz yangi yil archasini bezash vaqtida jarohat oldi, deb xabar bermoqda CityChief va TheTouchline nashri.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 31 yoshli britaniyalikning jarohati qanday ekani oshkor qilinmayapti. "Shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Stounz qachon tiklanishini bilmasligini aytdi.

Himoyachi Chempionlar Ligasi umumiy bosqichidan o‘rin olgan "Real"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. O‘yin 10 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

2025/26 yilgi mavsumda Stounz "Siti" safida barcha musobaqalarda 13 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Kiritildi: Bugun 10:32. O'qildi: 400 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!