Bugun 18 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

"Manchester Siti" "Manchester Yunayted" futbolchisini nishonga oldi

"Manchester Siti" "Manchester Yunayted" futbolchisini nishonga oldi

"Manchester Yunayted" markaziy yarim himoyachisi Kobbi Maynu Yevropaning yana bir grandi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. TEAMtalk xabariga ko‘ra, angliyalik futbolchi uchun kurashga "Manchester Siti" ham qo‘shilishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, "shaharliklar" rahbariyati xavbekni qishki transferlar davrida o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi. Biroq, qayd etilishicha, Maynu uchun kurashda "Nyukasl" favorit bo‘lib turibdi.

Ayrim OAV ma’lumotlariga ko‘ra, yarim himoyachiga "Chelsi", "Everton" va "Aston Villa" klublari qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, mish-mishlarga ko‘ra, "qizil iblislar" futbolchisi Italiyada ham qiziqish uyg‘otmoqda. Uni "Roma" va "Napoli" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Joriy mavsumda Kobbi Maynu "Manchester Yunayted" safida 3 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning ingliz klubi bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: Bugun 16:37. O'qildi: 259 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!