Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Manba: Messi o‘ziga yangi jamoa topdi

Manba: Messi o‘ziga yangi jamoa topdi

"Barselona" hujumchisi Lionel Messi Kataloniya klubini tark etishga qaror qilsa, "Manchester Siti" ga o‘tishi mumkin. Bu haqda Fox Sports nashrining argentinalik jurnalisti Kristian Martin xabar berdi.

Martin bu ma’lumotni Kataloniya va Angliyadagi manbalari tasdiqlaganini yozdi. «Barcha manfaatdor tomonlar bitim shartlaridan qoniqishadi», – dedi jurnalist.

Ma’lumot uchun, 3 iyul kuni Messi "Barselona" bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi. Ta’kidlanishicha, futbolchi klubdagi muhitdan charchagan.

Bungacha kataloniyaliklar bosh murabbiyi Kike Setyen futbolchilar ishonchini yo‘qotgani haqida xabar berilgandi. Uning klubdagi taqdiri Ispaniya chempionatidagi natijalarga ko‘ra ma’lum bo‘ladi. Ayni damda "Barselona" birinchi o‘rindagi "Real"dan 4 ochko ortda bormoqda.

Kiritildi: 14:10 04.07.2020. O'qildi: 7937 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!