Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Maktab bitiruvchilarning 6 yillik baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichi OTMga kirish imtihonlarida inobatga olinadi

Maktab bitiruvchilarning 6 yillik baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichi OTMga kirish imtihonlarida inobatga olinadi

Maktab bitiruvchilarning 6 yillik baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichi OTMga kirish imtihonlarida inobatga olinadi. 

Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov AOKAda o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Shermatovning ta’kidlashicha, bu — Prezident topshirig‘i va farmon loyihasida o‘z aksini topadi. 

«O‘quvchi maktabda 11 yil o‘qiyapti, lekin taqdiri bir kunda hal bo‘lyapti. Balki o‘sha kuni kasal bo‘lgandir, balki yaxshi uxlamagandir. Shu bois Prezidentimiz bu bo‘yicha topshiriq berganlar, o‘quvchilarning maktabda olgan baholari, ya’ni, oxirgi olti yillik natijalari inobatga olinadi.

Qayd etilishicha, 7-sinf bitiruvchilarini professional tashxislash orqali kasbiy moyilligi aniqlanadi. Umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun kichik mutaxassisliklar bo‘yicha qisqa muddatli kurslar tashkil qilinadi, maktab bitiruvchilari shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan kasb va lavozimlar belgilanadi.

Kiritildi: 13:24 24.10.2020. O'qildi: 1894 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!