Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Mag‘lubiyatsiz odimlayotgan prof bokschimizning keyingi jangi kamar uchun bo‘ladi

Mag‘lubiyatsiz odimlayotgan prof bokschimizning keyingi jangi kamar uchun bo‘ladi

O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Sirochbek Ismoilovning navbatdagi jangi tafsilotlari ma’lum.

Boxrec portalida keltirilishicha, 24 yashar hamyurtimiz 25 oktyabr kuni Koreya Respublikasining Seul shahrida tashkil etiladigan prof boks oqshomi doirasida ringga chiqadi. Unga o‘sha kuni mezbon yurt vakili Jung Min Xo raqib bo‘ladi. Jang yengil vazn toifasidagi Oriental and Pacific Boxing Federation kamari uchun o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, Andijonda tug‘ilgan Ismoilov hozirgacha 10 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. 32 yoshli Jung Ming Xo hisobida esa 19 ta g‘alaba, 5 ta mag‘lubiyat va 2 ta durang bor.

Shuningdek, Seuldagi boks oqshomida yana bir vakilimiz — Shahzodbek Sharobiddinov (7-2-0) Filippin vakili Mark Entoni Geraldoga (40-14-3) qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 23:25 14.08.2025. O'qildi: 1105 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!