Belarus prezidenti bu haqda Minsk Davlat lingvistik universitetiga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi.
"Ochig‘ini aytsam, bu deyarli har doim mening ruxsatim bilan bo‘lgan. Belarus o‘sha paytda jiddiy muammoga to‘qnash kelgandi. Agar biz o‘shanda mamlakatda nazoratni ushlab turmaganimizda edi, buning oqibati halokatli bo‘lar edi. Agar bu holat yana takrorlansa, biz internetni butunlay o‘chirib qo‘yamiz", — dedi Aleksandr Lukashenko.
Eslatib o‘tamiz 2020 yil 9 avgustda Belarusda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridan keyin mamlakatda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda Belarusda internetga kirish imkoni deyarli butunlay yo‘qolib, cheklovlar uch kun davom etgan edi. Saylovda davlatni 1994 yildan beri boshqarib kelayotgan Aleksandr Lukashenkoning g‘alabasi haqida e’lon qilinishi aholining noroziligiga sabab bo‘lgan edi.
Belarusda navbatdagi prezidentlik saylovi 2025 yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tishi belgilangan. Aleksandr Lukashenko ushbu saylovda ham prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘yishini e’lon qilgan.