Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Londonda ilk bor ingliz tiliga tarjima qilingan «Kecha va kunduz» romanining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Londonda ilk bor ingliz tiliga tarjima qilingan «Kecha va kunduz» romanining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Londonda ilk bor ingliz tiliga tarjima qilingan «Kecha va kunduz» romanining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

2020 yil 17 yanvar kuni O‘zbekistonning London shahridagi elchixonasida zamonaviy o‘zbek she’riyati va adabiyotining asoschilaridan biri Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lponning birinchi marta ingliz tiliga tarjima qilingan «Night and Day» («Kecha va kunduz») romanining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tarjima muallifi yosh olim, AQShning Michigan universiteti slavyan tillari va adabiyoti kafedrasi ma’ruzachisi Kristofer Fort hisoblanadi. U deyarli bir yil O‘zbekistonda yashab, XX asrdagi o‘zbek adabiyoti bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishi uchun materiallar to‘plagan va o‘zbek tilini o‘rgangan.

2019 yilda Kristofer dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. U Ilmiy ishida mahalliy xalqning madaniy-tarixiy an’analari, islohotchilarning taraqqiypavar g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan XX asr boshidagi o‘zbek adabiyotining noyobligini isbotlab berdi.

Kiritildi: 20:05 19.01.2020. O'qildi: 1805 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!