Litva Rossiya tahdidlariga qarshi mudofaa choralarining bir qismi sifatida, aholini dronlarni boshqarishga o‘rgatuvchi to‘qqizta markaz ochadi. Ularda 22 ming kishi, jumladan 8 yoshdan kichik bolalar ham dron yasash va uchirish ko‘nikmalarini o‘zlashtiradi.
2028-yilga kelib 15 500 nafar kattalar va 7 000 nafar bolalar tayyorgarlikdan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Jumladan, kichik yoshdagi o‘quvchilarga dron boshqarishning asoslarini o‘rgatiladi. O‘rta maktab o‘quvchilari esa dron dizaynini to‘liq o‘zlashtiradi. 4 million dollarlik dastur doirasidagi ilk uchta markaz shu yil sentyabr oyida ishga tushiriladi.