Litva Tashqi ishlar vazirligi Xitoyning mamlakatdagi vakolatxonasining uch nafar xodimni “persona non grata” deb e’lon qildi. Bu haqida Reuters xabar berdi.
Litva TIV Xitoy diplomatlari Vena konvensiyasi va mamlakat qonunchiligini buzganini bildirgan, ammo tafsilotlar oshkor etilmagan. Vazirlik bayonotiga ko‘ra, ushbu xodimlar Litvani bir hafta ichida tark etishlari kerak. Xitoyning Litvadagi vakolatxonasi bu xabarlarga izoh bermagan.
"Bu holat ikki davlat o‘rtasidagi allaqachon tarang bo‘lgan munosabatlarni yanada keskinlashtiradi. Xitoy 2021 yilda Tayvanga Litvada de-fakto elchixona ochishga ruxsat berilganidan so‘ng ushbu mamlakat bilan diplomatik aloqalarni pasaytirgan", deb yozadi Reuters.