Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Lisenziyasidan mahrum bo‘lgan Jahongir Otajonov jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda

Lisenziyasidan mahrum bo‘lgan Jahongir Otajonov jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda

«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi tomonidan 14 oktyabrdan e’tiboran Jahongir Otajonovning lisenziyasi tugatilgani haqida xabar berilgan edi.

Lisenziyasidan mahrum bo‘lgan xonanda jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Xususan, Prezident administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov san’atkorni qo‘llab-quvvatlab, «Jahongir Otajonovning qo‘shiqlarini oilam va farzandlarim bilan yaxshi ko‘rib tinglayveramiz! Buning uchun shaxsan bizga lisenziya kerak emas!», — deb yozgan agentlik rahbari.

Jamoat arbobi Aziza Umarova «Kim tinglovchilarning o‘rniga kimni eshitish haqida qaror qabul qilish huquqiga ega?», — deb sub’ektiv senzuraga nisbatan munosabatini bildirgan va dunyoda «O‘zbekkonsert»ga o‘xshagan boshqa tashkilot yo‘q ekanligini aytgan. U tashkilotni tugatishni va xonandalar ijodini baholashni tomoshabinlarning o‘ziga qo‘yib berishni taklif qilgan.

Tadbirkor Zafar Hoshimov vaziyatga izoh berib, «San’at va iste’dod lisenziya bilan berilmaydi va olinmaydi. San’atkorning maqomi ma’muriy mezonlar bilan o‘lchanmaydi», — deb ta’kidlagan.

«O‘zbekkonsert» xabarida lisenziyaning tugatilishiga bir qator sabablar keltirilib, Jahongir Otajonov so‘nggi vaqtlarda ijodkor shaxs sifatidagi mas’uliyatini unutib qo‘ygani aytilgan.

Kiritildi: 10:13 15.10.2019. O'qildi: 2792 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!