Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Levandovski bilan bog‘liq vaziyatni "Chelsi" kuzatib bormoqda

Levandovski bilan bog‘liq vaziyatni "Chelsi" kuzatib bormoqda

Myunxenning "Bavariya" klubi hozirda o‘z hujumchisi Robert Levandovskini 60 million yevrodan kamiga sotmaslikka qaror qilgan. Biroq, "Barselona" polshalik hujumchi uchun bunday mablag‘ni sarflay olmaydi.

Levandovski bu yozda "Bavariya"ni Kataloniya klubiga almashtirish istagi borligini yashirmadi, u hatto myunxenliklarning 12 iyuldan boshlanadigan mavsumoldi yig‘inlarida ham ishtirok etmasligini bildirdi.

90min nashrining yozishicha, "Barselona"ning Levandovski bo‘yicha so‘nggi taklifi "Bavariya" talab qilayotgan narxdan 20 million yevroga pastroq bo‘lgan 40 million yevroni taklif qilmoqda.

Levandovski muzokaralarda muvaffaqiyatga erisha olmaganidan tobora ko‘proq xavotirda, biroq "Bavariya"ga yaqin manbalar 50 million yevrolik kelishuvga erishish mumkinligiga ishonishmoqda.

Agar, "Barselona" ushbu transferni amalga oshira olmaydigan bo‘lsa, vaziyatni "Chelsi" o‘z qo‘liga olishi mumkin, chunki, londonliklarlar Levandovski, "Barselona" va "Bavariya" klublari o‘rtasidagi muzokaralarni jiddiy kuzatib bormoqchi.

Kiritildi: 09:14 01.07.2022. O'qildi: 2713 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!