Bugun 24 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

La Liga. Chempionatning so‘nggi o‘yinida "Real" g‘alaba qozondi

La Liga. Chempionatning so‘nggi o‘yinida "Real" g‘alaba qozondi

«Real» o‘z maydonida Ispaniya chempionati 38-turi doirasida «Atletik»ni mag‘lub etdi — 4:2.

Mezbonlar safida gollarni Gonsalo Garsiya, Jud Bellingem, Kilian Mbappe va Braim Dias kiritishdi. Dani Karvaxal golli uzatmani amalga oshirdi. Ta’kidlash joizki, Karvaxal va David Alaba uchun bu «qaymoqranglilar» libosidagi so‘nggi o‘yin bo‘ldi. Himoyachilar zaxiraga olinayotganda ular uchun xayrlashuv yo‘lagi tashkil etildi.

Mehmonlar tarkibida Gorka Guruseta va Urko Iseta o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Real» 86 ochko to‘plab, La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egalladi. «Atletik» esa 45 ochko bilan 12-pog‘onada qoldi.

Kiritildi: Bugun 09:51. O'qildi: 240 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!