Ko‘plab amerikalik millionerlar prezidentlik saylovidan so‘ng AQShni tark etmoqchi. Bu haqda CNBC xabar berdi.
Advokatlarning qayd etishicha, Qo‘shma Shtatlarda prezidentlik saylovi arafasida ikkinchi pasport olish yoki chet elda uzoq vaqt yashash uchun hujjat to‘g‘rilayotgan o‘ziga to‘q amerikaliklar soni ko‘paygan.
"Boy amerikaliklar siyosiy va ijtimoiy to‘lqinlar yuzaga kelishidan xavotirlanishmoqda", deya xabar beradi CNBC.
Arton Capital o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, amerikalik millionerlarning 53 foizi saylovdan so‘ng, uning natijasidan qat’i nazar, AQShdan ketishi mumkinligini aytgan. So‘rovda qatnashgan 18 dan 29 yoshgacha bo‘lganlarning 64 foizi xorijga investisiya kiritish evaziga “oltin viza” olishga qiziqmoqda.