Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Kun.uz‘ning ikki jurnalisti saytdan ketdi

Kun.uz‘ning ikki jurnalisti saytdan ketdi

Kun.uz va Jahongir Ortixo‘jayev mojarosi ortidan nashrning ikki jurnalisti Zafarbek Solijonov va Bahodir Ahmedov nashrni tark etdi va Toshkent shahar hokimiga murojaat yo‘lladi. Bu haqda "sof.uz" yozmoqda.

"Bilaman bizdan juda xafasiz. Buning uchun sizlardan uzr so‘rayman. Kechagi masalada Kun.uz ta’sischilariga oson tutmasligingizni ham iltimos qilardim. Ular men ko‘rgan insonlar ichida eng yaxshilari.

Men esa bu yerdan ketishga qaror qildim. Menimcha, biz yaxshi ishladik. Hozir Kun.uz'da hammasi joyida. Og‘ir kunda tashlab ketmadim. Ularga nomardlik qilmadim. Avval ish topib, keyin u yerdan ketsam, ularning yuziga oyoq qo‘ygan bo‘lardim. Men endi ishsizman. Hozircha qaysi tashkilotga ishga o‘tishim noma’lum. Barchasini noldan boshlashni xohlayman. Rizqim Allohdan. Hozir esa uyga borib, oilam bilan bir-ikki kun dam olmoqchiman. Juda ham charchadim.

Jahongir aka Ortiqxo‘jayevga esa o‘sha gapni yana qaytaraman. Men itning bolasi emasman va poslednyaya tvar ham emasman. Men jurnalistlik bilan shug‘ullangan yuristman. Shunchaki, bu davlatda qonun ishlashini xohlagandim xolos. G‘ururim esa otamdan meros. U hammasidan ustun. Uni toptashga haqqingiz yo‘q. Lekin bir narsani tushuning. Bu jangda hech kim yutmadi. Ayniqsa siz" dedi Solijonov.

"Do‘stlar! Kun uz da o‘tgan vaqtim davomida ko‘plab xulosalarga ega bo‘ldim. Hayotning past-balandi borligini, yaxshi-yomon odamlarni ko‘rdim. Balkim bu tajribani ko‘p insonlar boshidan o‘tkazmas.

Ta’sischilarga, ya’ni rahbarlarimizga, Kun.uz jamoasiga kattakon rahmat. Biz oddiy ishxona emas, oiladek vaqt o‘tkazdik, ishladik, birga futbol o‘ynadik. Loyihada faoliyat yuritgan yuragimga yaqin insonlarni uchratdim. Tajribali insonlardan dars oldim. Bugun biz yutkazmadik. Bugun endi uyg‘onayotgan so‘z erkinligi, matbuot yutqazdi.

Jahongir aka sizga aytaman, o‘shanda ham qarshi borganman - men itning bolasimasman, posledniy tvar xam emasman. Siz yutganingizni emas, davlat imidjiga putur yetkazganingizni o‘ylang.

Men rizqimni topishimga ishonaman! Sizlardan iltimos - jurnalistlarni huquqlari himoyalanmagan, kuchsiz matbuot davrida Kun.uz ni ayblamang!" deb yozdi Bahodir Ahmedov.

Kiritildi: 16:02 18.11.2019. O'qildi: 5217 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!