Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Kun kulgisi!.. (25-qism)

Kun kulgisi!.. (25-qism)

— Eshitdingmi Toshmatga nima bo‘lganini?

— Nima bo‘ldi?

— Kechasi ketayotsa, orqadan kimlardir kelib boshiga bolta bilan uribdi.

— Xo‘sh, keyin-chi?

— Nima keyin? Toshmat o‘libdi.

— Yo‘g‘-e!

— Ha, boltaga zahar surtilgan ekan.

 

***

— Dadajon, 500 so‘m bering, — so‘radi o‘g‘il.

— Menga esa ming so‘m kerak, — suhbatga aralashdi qiz.

— Menga 2000 cha pul yetadi, — dedi xotini.

— Bugun sizlarga nima bo‘ldi o‘zi? — ajablandi erkak.

— IYE, unutib qo‘ydingizmi, bugun tug‘ilgan kuningiz-ku!

 

***

DAN xodimi mehmonda o‘tirib yig‘ilganlarga dedi:

— Ishonasizlarmi, men bolaligimda qaroqchi bo‘lishni orzu qilgandim!

Shunda o‘tirganlardan biri unga javob qaytardi:

— Omadingiz bor ekan. Chunki, bolalikdagi orzular har doim ham ushalavermaydi.

 

***

Boyvachcha kvartira sotib olayotib so‘radi:

— Bu uyda ovoz masalasi qanday eshitiladi? Shovqin bezovta qilmaydimi?

— Nimalar deyapsiz? Ilgari shu uyda yashagan odamni otib ketishgandi. Hech kim eshitgani yo‘q.

Kiritildi: 12:00 30.10.2020. O'qildi: 2668 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!